Luis Dias: "Maykl Olise o'yin taqdirini hal qila oladi"
Myunxenning "Bavariya" klubi qanot hujumchisi Luis Dias jamoadoshi Maykl Olise haqida iliq fikr bildirdi.
– Maykl yakkakurashlarda raqiblarni shunchaki mag‘lub etadi. U nihoyatda texnik futbolchi va o‘yin taqdirini hal qila oladi.
U juda xotirjam yigit. Maydonda esa juda muloqotchan. Ko‘p maslahat beradi, mayda detallarigacha e’tibor qaratadi va "Hey, himoyani bunday yoki bunday qurishimiz kerak", deb ayta oladi.
Ana shu mayda jihatlar sening futbolchi sifatida o‘sishingga va o‘zingni ishonchli his qilishingga yordam beradi. Yana bir bor aytaman: bunday futbolchilar bilan bir jamoada o‘ynash — bu haqiqatan ham ajoyib, – dedi Dias.

Fikrlar