Luis Enrique Gvardiola va Zidan bilan tenglashib oldi

  • 31.05.2026 00:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique murabbiylik faoliyatida uchinchi bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis avval 2015 yilda "Barselona" bilan, keyin esa 2025 va 2026 yillarda PSJ bilan musobaqada g‘olib chiqqan.

Shu tariqa, Enrique Chempionlar ligasini uch marta yutish bo‘yicha Bob Peysli, Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola bilan tenglashdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord esa beshta chempionlik bilan Karlo Anchelottiga tegishli. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!