
Luis Suares: Neymarni sog‘indik
“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares sobiq jamoadoshi Neymarni klub vakillari sog‘inayotganini aytdi.
“Barselona”da Neymarni sog‘indik. Uning maydondagi o‘yinidan taqashri o‘zini ham ancha sog‘indik, chunki u o‘zgacha edi. U bilan quvnoq yurardik. Neymardan doimo xursandchilik va xushchaqchaqlik taralib turadi. To‘g‘ri, u boshqa jamoada o‘ynamoqda, ammo undan xafa emasman. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi qarorlardan biri bo‘ldi.
Biz Messi bilan faqat klub foydasi uchun xizmat qilamiz va jamoa manfaatini o‘ylaymiz. Neymarga “Ketma, baxtsiz bo‘lasan” demaganmiz. Shunchaki uning ketishini istamasliginimni aytganmiz. U ketganida bizga qiyin bo‘ldi, chunki biz do‘stlarmiz”, – dedi urugvaylik futbolchi.
Avvalroq Luis Suares Neymar ketganidan keyin Valverde uni chap qanotda o‘ynashga majbur qilgani haqida shikoyat qilgandi.
Fikrlar