Luish Figo: "El-Klasiko"da "Real"da ustunlik bo‘lishi mumkin"

  • 24 oktabr, 21:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Real Madrid" sobiq futbolchisi Luish Figu bo‘lajak "El-Klasiko" haqida o‘z taxminlarini bildirdi.

Tecno

"Menimcha, "Real" ushbu uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Ular o‘z maydonida harakat qiladi va bu muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, gollarga boy va qiziqarli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Agar "qaymoqranglilar" o‘tgan mavsumdagi vokealarga e’tibor qaratsa, bundan motivatsiya sifatida foydalanishi kerak.  Ammo har bir mavsum no‘ldan boshlanadi va yangi futbolchilar qo‘shiladi. 

“Klasiko”larda hech qachon favorit bo‘lmaydi. Qanday formada bo‘lishidan qat’iy nazar har bir o‘yin o‘zgacha bo‘ladi. Ehtimol, mezbonlarda kichik ustunlik bo‘lar", - dedi portugaliyalik futbolchi. 

Ma’lumot uchun, Luish Figu "Barselona"da ham "Real Madrid"da ham to‘p tepgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!