Luka Modrich: "Milan" – dunyoning eng yaxshi klublaridan biri"

  • 9 avgust, 01:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Luka Modrich nega aynan "Milan"ni tanlagani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Milan"ni tanlashimdagi asosiy sabab – klubning buyukligi. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri". 

Futbolchi yoshlikda ota-onasi bilan tushgan, "Milan" formasidagi suratini ham esga oldi:

"Bu ajoyib xotira. U paytda, ayniqsa Xorvatiyada, "Milan" juda ommabop edi. Men A Seriyani ko‘rib o‘sganman. "Milan" bolaligimdagi sevimli jamoam bo‘lgan, ayniqsa Zvonimir Boban tufayli – u mening kumirim edi. Shuning uchun ham "Milan"ni tanladim".

Modrich klubga kelish jarayoni haqida ham to‘xtaldi:

"Bu erga kelishim bilanoq "Milan"ning o‘ziga xosligini his qildim. Bu jamoa etti marta Chempionlar Ligasini yutgan – bunda hammasi aniq. Klubda ishlaydigan odamlar, muxlislar, stadion – barchasi yuqori darajada", – deya ta’rif berib o‘tdi xorvatiyalik yarim himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!