Luka Modrich Ronalduni ortda qoldirdi

  • 21 avgust, 2022, 20:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Luka Modrich "Real" Madrid safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan legioner futbolchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 36 yoshli xorvatiyalik futbolchi bu borada Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Tecno

Kecha Modrich Ispaniya La Ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi o‘yinda (4:1) "qirollik klubi" safida maydonga tushdi va hatto o‘z hisobiga gol ham yozdirib qo‘ydi. Ushbu o‘yin xorvatiyalik yarim himoyachi uchun barcha turnirlar doirasidagi“qaymoqranglilar” libosi ostida maydonga tushgan 439-uchrashuvi bo‘ldi. Ronaldu hisobida o‘yinlar soni esa 438 tani tashkil qiladi.

"Real" safida eng ko‘p maydonga tushgan legioner futbolchilar (top-5):

Karim Benzema - 608 ta o‘yin
Marselo - 546 ta o‘yin
Roberto Karlos - 527 ta o‘yin
Luka Modrich - 439 ta o‘yin
Krishtianu Ronaldu - 438 ta o‘yin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!