
Lukaku bu er senga Italiya emas!
“Roma”, “Yuventus” va “Milan” klublarini boshqargan tajribali murabbiy Fabio Kapello “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuning o‘yin sifati pasayib ketganining sababini aytdi. Belgiyalik futbolchi “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda atigi etti bor to‘pga tegingan edi.
- Romelu Lukaku “Inter”da Antonio Konte qo‘llagan qarshi hujum usuliga juda mos tushgandi. Chunki bu jamoada juda ko‘p bo‘sh hudud bo‘lgan. Lukakuning tezkorligi va jismoniy quvvati A Seriya himoyachilari qarshisida unga ustunlik berardi. “Chelsi” kalta paslar bilan o‘ynaydi va Lukaku harakatlanishi uchun joy etishmayapti.
Angliya premer-ligasi himoyachilari Lukakuga singari jismoniy baquvvat va unga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsata oladi. Hozir unga Italiyadagi bo‘sh hududlar va kuch etishmayapti, - dedi Fabio Kapello.
Lukaku joriy mavsumda premer-ligada 17 marotaba maydonga tushib, atigi beshta gol urdi. Bu ko‘rsatkich hujumchi uchun 97,5 million funt sarflagan “aristokratlar”ni umuman qoniqtirmayapti.
Fikrlar