
Lukaku: Iltimos, meni qaytaringlar...
“Inter”da ijara asosida to‘p tepayotgan Romelu Lukaku yozda “Chelsi”ga qaytishni rejalashtirmoqda.
Dastavval, belgiyalik hujumchi Milan klubidagi faoliyatini davom ettirishni mo‘ljallagan edi. Joriy mavsumda uning o‘yinida jiddiy pasayish kuzatilayotgani sababli “Inter” ijara shartnomasini uzaytirish fikridan qaytdi.
Vaziyatdan kelib chiqib, 29 yoshli futbolchi kelasi mavsumni “Chelsi” safida boshlamoqchi bo‘lyapti. Lekin londonliklar ham bir mavsum davomida o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmagan Lukakuning xizmatiga muhtoj emas. Klub uning o‘rniga yangi hujumchi qidirmoqda.
Romeluning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha imzolangan.
Fikrlar