Lukaku irqchilikka uchragani haqida: "Tarix takrorlanadi..."

  • 5 aprel, 2023, 21:41
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" futbolchisi Romelu Lukaku "Yuventus"ga qarshi o‘yinda muxlislar tomonidan irqchilikka oid haqoratlar bilan "siylandi". Bu haqda u o‘zining "Instagram" sahifasida post qoldirdi.

"Tarix takrorlanadi. Men 2019 yilda bu voqeaga duch kelgandim. Endi yana shunday hol kuzatilmoqda...

Umid qilamanki, liga bu safar haqiqatan ham adolatli qaror qabul qiladi. Futbol - ajoyib o‘yin. Undan hamma bahramand bo‘lishi kerak va hech kim jabrdiyda bo‘lib qolmasligi lozim. 

Qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Yo‘qolsin, irqchilik!", - deya izoh qoldirgan u oxirgi postiga.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku "Yuve"ga qarshi o‘yinning 90+5-daqiqasida penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!