Lukaku raqib tomonga o‘tib ketadi

  • 17 aprel, 2022, 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”da ishlari yurishmagan Romelu Lukaku yozda poytaxtning boshqa klubi – “Tottenxem”ga o‘tib ketishi mumkin.

Tecno

O‘tgan yozda rekord summa – 97,5 million evroga “Inter”dan xarid qilingan belgiyalik hujumchi “Chelsi”ga ikkinchi marotaba kelganiga qaramay, “aristokratlar”ning o‘yin uslubiga moslasha olmadi. Bu hujumchi transferini talab qilgan Tomas Tuxel undan o‘zi o‘ylagan darajada foydalan olmayapti.

Lukakuning o‘ziga Tuxel qo‘llayotgan o‘yin uslubi yoqmayapti. Shu bois, Romelu Angliya futbolida o‘ynay olishini isbotlab qo‘yishi uchun “Tottenxem” variantini tanlashi mumkinligi aytilmoqda.

Chunki, Lukaku to‘purarligini namoyish qilgan “Inter”da unga ustozlik qilgan Antonio Konte ayni paytda “Tottenxem”ni boshqaryapti. Italiyalik mutaxassis ham sobiq shogirdini yana o‘z jamoasida ko‘rishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!