
Lukakuning "Manchester Yunayted"dagi o‘rnini Obameyang egallashi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli gabonlik futbolchi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi. O‘z navbatida mankuanliklar Obameyangni “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Romelu Lukakuga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Obameyang o‘tgan mavsum “kanonirlar” safida jami 51ta o‘yinda maydonga tushdi va 31ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar