
Lukas Moura APLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Lukas Moura Angliya premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ta’kidlash kerakki, 26 yoshli braziliyalik futbolchi APLning o‘tgan 4ta turida o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Moura "Tottenxem" safiga joriy yilning yanvarida PSJdan 28,5 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, premer-ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Uotford" ustozi Xavi Garsiya topildi.
Fikrlar