Lukas Vaskes "Real" tarkibida 400-o‘yinini o‘tkazdi
Kecha 33 yoshli himoyachi Lukas Vaskes La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda (2:0) maydonga tushdi va bu uning madridliklar safidagi yubiley uchrashuvi bo‘ldi.
Vaskes 2015 yilda "qirollik klubi" safida debyut qilgan va 10 mavsum davomida jamoa bilan 23 ta sovrinni qo‘lga kiritib, 38 ta gol urgan.
U La Ligada 277 ta, Chempionlar ligasida 77 ta, Ispaniya kubogida 27 ta, Ispaniya Superkubigida 8 ta, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 7 ta va UEFA Super kubigida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, futbolchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng erkin agent sifatida "Real"ni tark etishi xabar qilingan edi.



Fikrlar