
Lyaportning keyingi manzili PSJ bo‘lishi mumkin
"Manchester Siti" futbolchisi Emerik Lyaport yozda klubni tark etishi kutilmoqda. Unga qiziqayotgan klublar orasida favorit "Barselona" hisoblanadi. "Football Insider" nashri xabar berishich, ispaniyalik himoyachini PSJ ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Lyaport ushbu mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda va ketish niyatida. "Shaharliklar" transferlar oynasida Gvardiolni sotib olishga urinmoqda. Bu esa 28 yoshli futbolchini jamoa tarkibini tark etishini tezlashtirishi mumkin.
PSJ Emerikdan tashqari Shkrinyarni erkin agent sifatida jamoaga olib keldi. "Inter" himoyachisi qishda Parijga yo‘l olishi mumkin edi, lekin Italiya klubi uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmadi.
Fikrlar