Lyubinko Drulovich: Ishqibozlarga manzur keladigan o‘yin bo‘ldi

  • 9 sentabr, 2019, 22:47
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qiziqarli tarzda ko‘rinish olgan uchrashuvda vakillarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bobir Abdixoliqov xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboev 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirdi.

"Bugun qanday o‘yin namoyish etganimizni barcha ko‘rdi. Ishqibozlarga manzur bo‘ladigan o‘yin bo‘ldi, nazarimda. Yigitlar o‘z vatani sha’ni uchun qanday kurash olib borish lozimligini namoyish eta olishdi. Faqat stadionga yanada ko‘proq muxlis kelganida yanada yaxshi bo‘lar edi. Zero shogirdlarim haqli tarzda zafar quchishdi. O‘yinni tomosha qilgan barcha mamnun bo‘ldi, deb umid qilaman. Mening o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Mashg‘ulotlarda ishlagan rejalarimiz va bergan ko‘rsatmalarimiz maydonda ado etildi. Bundan xursandman. Yakuniy natijdan ham qoniqdim.

Raqobat borasida gap ketganda jamoamizda yaxshigina raqobat mavjud ekanini ayta olaman. Ayniqsa, oldingi chiziqda ham bir qator o‘yinchilar mavjud. Mirjahon Mirahmadovdan tashqari yana Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboev markaziy hujumda harakat qila oladi. Agar yoshlar birinchiligida ham yaxshi futbolchilar paydo bo‘lsa, tarkibga ularni ham jalb etishimiz mumkin. Lekin hozircha Bobir Abdixoliqov va Mirjahon Mirahmadov darajasidagi markaziy hujumchilarni ushbu yosh toifasida ko‘rganimiz yo‘q. Lekin agar yana kimdir o‘zini ko‘rsatsa, albatta tarkibga jalb etamiz", - deb Drulovichning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
10/09/2019 10:22
Малатси МТЖ малатси Насаф ёшлари биз сиз билан фахирланамиз келажак ёшлар кулида
&
Фан
10/09/2019 10:05
Хурматли админлар ракиб жамоалар (Эрон ОТЖ, Ирок МТЖ) мураббийлари фикрларини хам чоп этиш ёддан кутарилмасин.
Друлович ва ОТЖ га ТАСАННО (куз тегмасин).