Lyuk Shou: Jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori

  • 6 mart, 2020, 12:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou Angliya Kubogi 1/8 finali doirasida "Derbi Kaunti" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Dastlabki 15-20 daqiqa biz uchun qiyin boshlandi. Yaxshiroq o‘yin namoyish etishimiz mumkin edi, biroq yakunda baribir gol kiritishni uddaladik. Keyin esa raqib bizga bosim uyushtirishga urindi, ammo uni engib o‘tib, g‘alabani ushlay bildik.

Eng muhimi bu g‘alaba va quruq o‘yin. So‘nggi vaqtlarda o‘zimizga bo‘lgan ishonch yuqori ekanligini his qilmoqdamiz. Gol urib, o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolyapmiz.

Yakshanba kuni esa bizda ajoyib o‘yin bor va biz uni sabrsizlik bilan kutyapmiz", - deydi Shou.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!