Madrid klubi argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Madridning “Leganes” klubi "Sautgempton"dan argentinalik forvard Guido Karriloni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar 27 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olishgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Karrilo "Sautgempton" safiga 2018 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan yarim mavsum davomida jami 10ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasining 2ta goliga assistentlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Karrilo faoliyati davomida "Estudiantes" va "Monako" kabi jamoalarda ham to‘p surgan.



Fikrlar