Madrid klubi ustozi "Roma" hujumchisini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi

  • 11 fevral, 18:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala o‘z faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi hamon "Atletiko"ning qiziqish doirasida qolmoqda. Futbolchini jamoaga qo‘shib olishni "matraschilar"ning bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘zi xohlamoqda.

Dibala va Rim klubi o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning shartnomasida 12 million evroga sotib olish bandi mavjud.

Ma’lumot uchun, jahon chempioni joriy mavsum A Seriyada 21 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!