
Madrid klublari endi Messidan qo‘rqmaydi!
Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi va ushbu bahsda hisob ochilmadi.
Raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan “Barselona” etakchisi Lionel Messi oxirgi 15 yilda ilk bor primera o‘yinlarida Madrid klublariga gol urolmadi. Oxirgi marta Messi 2005-2006 yilgi mavsumda madridliklarni ranjita olmagan edi.
Joriy mavsumda kataloniyaliklar Madrid jamoalari bilan bo‘lgan bellashuvlarda atigi ikkita to‘p kiritdi. Har ikki gol “Real” darvozasi to‘ridan joy oldi. Ularga Ansu Fati va Oskar Mingeza kabi yosh futbolchilar mualliflik qildi.
“Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi durang “Real” foydasiga ishlaydigan bo‘ldi. “Qirollik klubi” bugun “Sevilya” ustidan zafar quchsa, ochkolari sonini 77 taga etkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda turgan hamshaharlariga etib oladi. Hisobida 75 ochko bor “Barselona” esa, chempionlik yo‘lida Madrid klublarining ochko yo‘qotishini kutishga majbur.
Fikrlar