Madrid superklubi 160 million evroga yana to‘rt o‘yinchi bilan kuchaytiriladi

  • 2 iyul, 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh mezbonligida klublar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone rahbariyatga norozilik bildirgan.

Tecno

Argentinalik mutaxassis bosh sovrin uchun kurasha olmaganini turnir oldidan tarkib yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirilmagani bilan izohladi.

Endi madridliklar 160 million evro sarflab, jamoaga to‘rt nafar kuchli o‘yinchini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Fichajes nashrining yozishicha, Diego Simeone  ispaniyalik futbolchi Aleks Baena (50 million evro turadi), argentinalik himoyachi Rodrigo Rujeri (20 million evro) va amerikalik yarim himoyachi Jonni Kardoso (30 million evro) kabi iste’dodlarni tanlagan.

Bundan tashqari, transfer nishonlari qatoriga “Tottenxem” yulduzi Kristian Romero ham qo‘shildi. “Atletiko” tajribali markaziy himoyachi uchun 60 million evro yo‘naltirishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!