Madridliklar “Barsa” yulduzini olib ketadi

  • 1 iyul, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iste’dodli o‘yinchilaridan Fermin Lopes professional faoliyatini Ispaniya chempionatining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Sebasten Vidalning ma’lum qilishicha, Madridning superklubi “Atletiko” 22 yoshli hujumkor futbolchini yoz uchun asosiy transferlar ro‘yxatiga kiritdi.

Kataloniya klubi moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, yaxshi taklif bo‘lsa, Fermin Lopesni qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bildirgan.

Yakunlangan mavsumla Fermin barcha turnirlarda 46 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatdi.

Lopesning “Barselona” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt ekspertlari bu o‘yinchining transfer narxini 50 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!