Madridliklar ustozi shaharda ikki yuzga yaqin hashatmatli uyga ega ekani oshkor bo‘ldi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone ikkinchi rafiqasi Karla Pereira bilan birgalikda Ispaniya poytaxti Madridda 180 ta kvartira va yettita villaga egalik qiladi.
Bu haqida Gazeta Express xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, juftlik faqat shaharniŋ yaxshi hududlaridagi elita uy-joylarni sotib oladi. Simeone va uning rafiqasi ko‘chmas mulkdan kvartiralarni ijaraga berish va qayta sotish orqali daromad topadi.
Diego va Karla 2014 yilda tanishgan, oradan besh yil o‘tib 2019 yilda turmush qurgan. Ularning 2016 va 2019 yillarda tug‘ilgan ikki qizi bor. Simeonening birinchi nikohidan uch nafar o‘g‘li bor.
Simeone Madrid klubini 15 yildan beri boshqarib kelmoqda va eng yuqori maosh oluvchi murabbiylardan biri hisoblanadi.

Fikrlar