
Madueke kimdan ko‘proq ilhomlanadi?
Xabaringiz bor, "Arsenal" klubi juma kuni "Chelsi" futbolchisi Noni Madueke bilan shartnoma imzolagani haqida rasman ma’lum qildi. 23 yoshli angliyalik vinger uchun to‘langan transfer summasi 55 million evrodan oshib ketdi.
Madeke o‘zini yangi jamoa muxlislariga tanishtirar ekan, ilhom oladigan futbolchisi haqida shunday dedi:
"Men uchun eng katta ilhom manbai – bu Krishtianu Ronaldu", – dedi u intervyuda.
Madueke so‘nggi ikki yarim mavsumni "Chelsi" safida o‘tkazgan va jami 92 uchrashuvda maydonga tushib, 20 gol va 9 assist bilan ajralib turgan.
Fikrlar