Mag‘lubiyatga chidolmagan fanat mashhur futbolchining boshini yordi (foto)

  • 6 aprel, 2023, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Niderlandiya kubogi yarim finali doirasida “Feyenoord”  va “Ayaks” o‘rtasidagi bahsda kutilmagan mojaro kelib chiqdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida mehmonlar 2:1 hisobida ustunlik qilayotgan edi. Tribunadagi muxlislardan biri otgan buyum amsterdamliklarning natiqli yarim himoyachisi Davi Klassenning boshini yordi.

middle_621292

Aslida o‘sha payt maydon chetida ikki jamoa sardorlari – Dushan Tadich va Orkung Ko‘kchu o‘zaro tortishib qoldi. Ikkisi mushtlashib ketishiga oz qoldi. Davi Klassen to‘planib olgan o‘yinchilar guruhidan chetroqda vaziyatni kuzatib turgan pallada boshidan zarba edi.

Bu voqeadan keyin ziddiyat yanada kuchaydi. “Ayaks” bosh murabbiy Jon Xeytinga futbolchilarini olib chiqib ketish uchun maydonga kirib keldi.

Keyinroq o‘yin davom ettirildi va hisob o‘zgarmay qoldi.

Mutasaddilar videolar orqali maydonga narsa uloqtirgan fanatni darrov  topishdi. Hozir uning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!