Maguayr hoziroq "Manchester Yunayted"ni tark etishi kerak!

  • 10 yanvar, 2023, 18:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand mankunianliklar himoyachisi Xarri Maguayrga jamoani tezroq tark etishni maslahat berdi, chunki "qizil iblislar"ning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xag unga ishonmaydi.

“Xarri Maguayr hoziroq jamoani tark etishi kerak. Uning o‘rniga Lyuk Shou markaziy himoyada o‘ynaydi. Bu go‘yo men jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatib qaytganimdan so‘ng, Patris Evra markaziy himoyachi o‘rnida o‘ynagandek”, - dedi Ferdinand.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Maguayr joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Angliyalik himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!