Maguayr Londonga ko‘chib o‘tmoqda

  • 09.08.2023 16:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" futbolchisi Xarri Maguayr faoliyatini Londonda davom ettirishga yaqin turibdi. Uni "Vest Xem" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga anchadan beri harakat qilib kelayotgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Maguayr bo‘yicha tomonlar 30 million funtlik kelishuvga erishib bo‘ldi. Endi himoyachining o‘zi bilan muzokaralar boshlanadi. Ayrim manbalar Xarri "bolg‘achilar" safiga o‘tishga tayyor, deya xabar bermoqda. 

"Manchester Yunayted" Maguayr jamoani tark etganidan keyin uning o‘rniga markaziy himoyachi sotib olishni reja qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!