Maguayr "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 03.12.2023 13:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xarri Maguayr APLda "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyatga (0:1) izoh berdi:

"Og‘ir hafta: olti kun ichida uchta mehmondagi o‘yin. To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limda biz olti kun ichida uchinchi safar o‘yinini o‘tkazayotgan jamoaga o‘xshadik. Etarli darajada intensivlik yo‘q edi. Raqib bizdan ancha ustun harakat qildi. O‘yin davom etar ekan, biz yaxshilandik, ammo yakunda bu etarli bo‘lmadi.

Biz bosim o‘tkazdik. Gol urishimiz mumkin edi, ammo bitta gol inobatga olinmadi. Biz etarlicha vaziyatlar yarata olmadik va etarlicha tahdid qilmadik", - dedi “Manchester Yunayted” himoyachisi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!