Maguayr Shouni himoya qildi

  • 24 sentabr, 14:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr jamoadoshi Lyuk Shouni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Shounung o‘yinini klubning sobiq kapitani Roy Kin tanqid qilgan edi. Ushbu vaziyatga esa Maguayr o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi

Tecno

"U 250-300 ta o‘yinda MYu sharafini himoya qilmasdi, agar yaxshi futbolchi bo‘lmaganida.

Lyuk – ajoyib o‘yinchi. Har gal yangi murabbiy kelganda, unga MYuning faxriysi sifatida ko‘plab savollar beriladi. Bu klubda doimo shunday bo‘ladi.

Ammo har bir murabbiy Lyukni asosiy tarkibga qo‘yadi. Bunga sabab bor – u har doim ajoyib futbolchi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi", – dedi Maguayr.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!