Maguayr uchun mavsum o‘z nihoyasiga etdi

  • 5 may, 2024, 23:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin oldidan "Manchester Yunayted" safida jiddiy yo‘qotish. Klubning asosiy himoyachilaridan bir Xarri Maguayr mashg‘ulotlarda mushaklaridan jarohat oldi. Angliyalik fulbek kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda ayrim nashrlar. Katta ehtimol bilan, uning uchun mavsum o‘z nihoyasiga etdi. 

"Qizil iblislar" Angliya kubogi finaliga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Manchesterliklar mazkur bahsgacha Maguayrni safga qaytishiga umid qilmoqda. Sababi, tarkibda jarohatda bo‘lmagan markaziy himoyachilar deyarli qolmadi. Faqatgina Jonni Evans keyingi o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin. 

So‘nggi paytlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yana qaytarib olgan Xarri "Evro-2024" turnirida ham terma jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. "Uch sherlar" "C" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Daniya, Serbiya va Sloveniyaga qarshi o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!