Mahmud Angliyaga ketyapti
“Borussiya” yarim himoyachisi Mahmud Daud faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Dortdmunliklar futbolchisi jamoa boshqaruvi Edin Terzich qo‘liga o‘tganidan keyin o‘yini ochilib ketdi. Uning Evropa Chempionlar ligasida “Sevilya” darvozasiga urgan goli jamoani musobaqaning keyingi bosqichiga olib chiqdi.
Kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan 25 yoshli futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub bosh murabbiylari germaniyalik futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Mahmudni “Borussiya”ga “Chelsi”ga ustozlik qilayotgan Tomas Tuxel olib kelgan. Bundesligada faoliyat yuritgan Gvardiola ham uni yaxshi taniydi.
Fikrlar