Mahmud Muradov mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Muradov va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi rahbariyati poytaxtimizdagi 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

Tecno

Tashrifdan bosh maqsad u erda tahsil olayotgan va yashayotgan bolalarning ko‘ngillarini biroz ko‘tarish bo‘ldi. Tadbir davomida stol tennisi bo‘yicha terma jamoa a’zolari va Mahmud Murodov ishtirokida mehribonlik uyida stol tennisi bo‘yicha kichik turnir tashkil etildi. Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi. Uchrashuv so‘ngida esdalik uchun suratga tushildi.

O‘z navbatida bolajonlar bunday e’tibor hamda ajoyib xayriya tadbiri uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!