Makallister: "Hozirgi paytda PSJ — dunyoning eng yaxshi jamoasi"

  • 30 iyun, 16:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli jamoa deb kimni hisoblashini aytdi.

Tecno

"Menimcha, hozir PSJ dunyoning eng yaxshi jamoasi. Ularda hamma narsa bor: intizom, harakat, ajoyib o‘yin. Men uchun ular — eng kuchlilar" — dedi argentinalik futbolchi "RMC Sport" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda jamoa Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati–2025 musobaqasida ishtirok etmoqda va chorak finalda "Bavariya"ga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar Chempionlar ligasining pley-off bosqichida "Liverpul"ni mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!