
Makallister: "Menimcha, Emiliano hatto ko‘z yosh ham to‘kdi"
Argentina terma jamoasi va "Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makalister terma jamoa etakchisi Lionel Messining Frantsiyaga qarshi JCh-2022 final uchrashuvi oldidan qilgan nutqini esladi.
“Lionel kiyinish xonasida so‘z olgan edi. Hammamiz yig‘ildik, suhbat juda hissiyotlarga boy bo‘ldi. Menimcha, Emiliano hatto ko‘z yosh ham to‘kdi. Dunyoning eng zo‘r futbolchisi bilan o‘ynasangiz, sizda albatta motivatsiya bo‘ladi”, - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "All About Argentina" nashri.
Jahon chempionati finali Argentinaning g‘alabasi bilan yakunlandi (3:3, penaltilar seriyasida 4:2). Turnir yakunlariga ko‘ra, Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar