
Makallister: "Penaltidan oldin biroz asabiylashdim"
Argentinalik jahon chempioni Aleksis Makallister “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda “Brayton”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi: U penaltini golga aylantirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uchrashuvdan so‘ng Aleksis o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu jamoada o‘ynash oson. Mening ajoyib sheriklarim bor. Penaltidan oldin, albatta, biroz asabiylashdim. Lekin penalti tepishni yaxshi ko‘raman. Biz xuddi “Uembli”da bo‘lgani kabi, kubokning yarim finalida ham o‘ynadik, ammo keyin gol ura olmadik”, - deya Makallisterning so‘zlarini keltiradi"Sky Sports".
Eslatib o‘tamiz, APLning navbatdagi turida “Brayton” “Everton” bilan o‘ynaydi.
Fikrlar