Makelele «Oltin to‘p» uchun Mbappe nomzodini qo‘llab-quvvatladi
«Real» klubining sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele fransuz terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatlab, unga «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishini tiladi. 2026 yildagi jahon chempionatida forvard olti o‘yinda sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Chin dildan istaymanki, Mbappe «Oltin to‘p»ni yutsin. Bu mavsumda u «Real» bilan katta sovrin ololmadi, lekin jahon chempionatida ko‘rsatayotgan o‘yini haqiqatan ham o‘ta yuqori darajada.
Kilian yillar davomida namoyish qilayotgan barqaror va yuqori natijalar uning Ronaldo bilan o‘xshash jihatlarini yanada yaqqolroq ko‘rsatmoqda. Bejizga Ronaldoni «Fenomen» deb atashmagan — Mbappeni ham o‘z avlodi fenomeni, desak, adashmaymiz. Ishonchim komilki, Kilian biz uchun hali ko‘p kutilmagan syurprizlar tayyorlab qo‘ygan. Mening fikrimcha, hozirgi kunda aynan Mbappe Ronaldo merosiga eng yaqin turgan futbolchi», — deya Makelelening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi. Yarim finalda Fransiya — Ispaniya va Angliya — Argentina juftliklari bahs olib boradi.

Fikrlar