Makgregor: Qariya Meyvezerni ikki raundda mag‘lub qilaman

CHERY AUTO

Engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor amerikali bokschi Floyd Meyvezer bo‘ladigan jangga 100% tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Irlandiyalik jangchining so‘zlariga ko‘ra, raqib ilk raundlardayoq mag‘lubiyatga uchraydi.

Tecno

Men 12 raundlik jangga tayyorman, – deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi The Mirror nashri. – Bu qariyani batamom “sindiraman”. U juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Meyvezer menga qarshi turib bera olmaydi va ikki raundga bormaydi.Qanday usulni qo‘llashining farqi yo‘q. Men jang qoidalariga jiddiy yondashaman va tajribamga suyangan holda jang olib boraman. Barchasi tamom bo‘lgandan so‘ng uning biror marta qo‘l tekkiza olmaganidan ko‘nglim tushib ketadi. U mening darajamdagi jangchi emas. Jangda g‘olib chiqishimga 100% aminman. Shundan so‘ng boks va aralash yakkakurashlar qiroli bo‘lishim mumkin. Kim menga qarshi chiqadi? G‘alabadan so‘ng 20 soniya zavq olib: "Keyingisi kim?" – deya so‘rayman: Shundan so‘ng raqib izlayman, chunki men hali juda yoshman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!