Maks Xollouey va Dastin Pore BMF kamari uchun jang qiladi!

  • 11 aprel, 15:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Maks Xollouey va amerikalik Dastin Pore yana jang o‘tkazadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda "Realkevik" taxallusi ostidagi insayder manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jangchilar 19 iyul kuni Yangi Orleanda bo‘lib o‘tadigan "UFC 318" turnirida BMF kamari uchun to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, Pore va Xollouey shu kunga qadar oktagonda ikki bor to‘qnash kelishgan va har ikkisida ham Dastin ham g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!