Maksim Shatskix: "Bizni qiyin va boshqacha o‘yin kutmoqda"

  • 6 noyabr, 2023, 21:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi 4-turida Paxtakor" Ashxobodda Turkmanistonning "Axal" jamoasi bilan maydonga tushadi. O‘yindan avval rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Maksim Shatskix va Diyor Xolmatov ishtirok etdilar.

"Barchaga xayrli kech va mehmondo‘stlik uchun rahmat. Mavsum yakuniga etmoqda, tayyorgarlikka vaqt juda ko‘p emas. O‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand etishni xohlaymiz.

"Axal" yaxshi saviyada o‘ynay oladi. Raqibni puxta o‘rgandik va birinchi bellashuvda ularning ojiz taraflarini topa oldik. Endi buni yana uddalashga harakat qilamiz. Bizni qiyin va boshqacha o‘yin kutmoqda. O‘tgan yili mavsumni yuqori notada tugatgandik. Buni qaytarishni istaymiz.

Men o‘ynagan davrimdagi yuklamalarni hozir berib bo‘lmaydi. Hozirgi avlod bunga ko‘nikmagan. Futbolda ayni paytda o‘ylash va qaror qabul qilish tezligi, individual mahorat katta ahamiyatga ega. Hozir o‘yinchilar shu jihatlarni o‘zlashtirishmoqda", - dedi "sherlar" ustozi.

Diyor Xolmatov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Raqib jamoa bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Ular Toshkentda jiddiy qarshilik qilishga intilishdi. Ertaga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, yutishni istaymiz. "Axal"ni yaxshi o‘rgandik.

Jamoada kayfiyat a’lo darajada. Barchamiz o‘yinga tayyormiz. Toshkentga uch ochko bilan qaytishga harakat qilamiz", - dedi 21 yoshli yarim himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
07/11/2023 15:45
Арпа уни таёйрлаб қўйибдику.