Maksim Shatskix: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

  • 09.11.2025 20:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” - “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etdi.

Tecno

- Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchisi unchalik emas. Bunday natija bo‘lmasligi uchun o‘yinni birinchi bo‘limda hal qilib qo‘yish kerak edi. 

- Siz 4 ta himoyachi va 1 hujumchi bilan o‘ynadingiz. “Qizilqum”da esa 3 ta hujumchi va 2 ta himoyachi bilan o‘ynadi. To‘p bilan muomala vaqti “Andijon”da ko‘proq, lekin darvozaga zarbalar kam. Nimaga bunchalik himoyaviy variant tanlayapsiz? Qolaversa, himoyachilar xato qilyapti.

- Qaysi himoyachilar?

- Birinchi golni nazarda tutyapman.

- Raqib jamoa umumiy hisobda uch marotaba bizning darvozamiz tomon o‘tyapti-da ikkita gol urmoqda, tushunarsiz. Yana bir bor aytaman, bu o‘yinni birinchi bo‘limda hal qilishimiz kerak edi. Shunda hech nima bo‘lmasdi. Kuchsiz jamoaligini ko‘rmadim. Biz o‘z darajalarimizni namoyish etdik, balki qandaydir motivatsiya bo‘lmagandir. Yo‘limiz ham yaqin emas. Birinchi bo‘limda ustunlik qilganimizda masalani hal qilishimiz lozim edi. Raqib hech nima yaratmadi. Hammasi bizning nazoratimizda edi. Butun 90 daqiqa davomida uch marta hujumga o‘tib, ikkita gol urmoqda. Bu - futbol. Himoyadagi indvidual xato, nima ham qila olamiz?!

- Uzoq yil Evropa futbolida o‘ynagansiz. Bizni futbolni Evropa darajasiga olib chiqish uchun nima qilish kerak? Bizga nima etishmaydi?

- Bu juda uzun savol, bir og‘iz so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Men futbolchilarga doim aytaman: ularni qanday futbolchi ekanliklarini, Chempionlar ligasida, terma jamoalarda o‘ynashni xohlasa, ulardan nima farqi bor. Ularda ham ikki oyoq, ikki qo‘li bor. Faqat muomala boshqacha. Har kuni mehnat va harakat qilish kerak. Shunda biz o‘samiz. Bugun men futbolchilarni ayblamayman. Raqib ikki-uch marta hujumga o‘tib, ikkita gol uryapti, tushunarsiz rekoshet bo‘lyapti. Kulguli. Darvozabon jarohat oldi, ikkinchi darvozabon ham shunday bo‘lyapti. Bugun hammasi bizga qarshi, ha, bizning kunimiz emas ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!