
Maksim Shatskix Rossiya klubida ish boshlashi mumkin
"Dinamo" Kiev klubining sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich Rossiyaning "Rotor" klubini boshqarishga yaqin turipti.
Beloruslik mutaxassis Volgograd klubida ish boshlash uchun Maksim Shatskixni taklif qildi. 47 yoshli Xatskevich hamyurtimizni o‘ziga yordamchi murabbiy qilib olmoqchi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Xatskevichni assistenti bo‘lguniga qadar, Lobanovski nomidagi "Dinamo"ning akademyasida taxminan 1 yil muddat faoliyat yuritgandi.
Ma’lumot uchun, "Rotor" Olim-FNL ligasining 25-turidan so‘ng, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoani boshqarib kelgan mutaxassis Igor Menщikov o‘tgan haftada ishdan bo‘shagan.
Fikrlar