Maksim Shatskix: Suares va Kavani bilan muzokara olib bordik

  • 25 noyabr, 2023, 00:33
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ni 16 karra chempionga aylantirgan o‘yindan keyin "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchrashuv xususida fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Birinchi bo‘limda gol ura olmadik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘z maqsadimizga erishdik. Raqib hisobni qisqartira oldi. Eng muhimi, chempionlikka erishdik.

Mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmadik, shu sababli qiyinchiliklarga duch keldik. Ko‘p ochko yo‘qotdik va ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Raqibga ko‘p marta gol urishga imkon berganimiz meni xavotirga soladi. Chempionlikka osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. O‘tgan mavsum so‘nggi turda, joriy mavsum bir tur avval chempionlikni nishonladik.

IMG_1131

Yangi futbolchilarni jamoaga jalb etamiz. Bu borada reja tuzganmiz va uni amalga oshirishga intilamiz. Keyingi mavsum jamoa butunlay o‘zgaradi. Yanada kuchliroq va agressivroq jamoani ko‘rasizlar. Ko‘p takrorlaganman, qishki transferlar oynasida yaxshi futbolchilarni xarid qilish qiyin. Sababi, ko‘p chempionatlar kuz-bahor tizimi bo‘yicha mavsum o‘tkazadi, sifatli futbolchilar esa o‘z jamoalarida o‘ynashayotgan bo‘lishadi. Yil yarmida yaxshi nomzodlarni topish biroz qiyinchilik tug‘diradi.

Suares va Kavani bilan muzokara olib bordik. Lekin bir narsani tushuninglar, ko‘pgina yaxshi futbolchilarning O‘zbekistonga kelishi qiyin masala. Yulduz futbolchini olib kelish muammo emas, ammo uni ta’minlash kerak. Top futbolchining yonida uning darajasiga teng jamoadoshlari bo‘lishi kerak. Masalan, Messi jamoadoshlarisiz ham bemalol o‘ynay oladi. Qolganlar esa unday emas. "Paxtakor" top futbolchini O‘zbekistonga bemalol olib kela oladi, ammo bunga to‘sqinlik qiladigan bir nechta muammolar bor. Yulduz futbolchi top darajadagi sharoit bo‘lishini istaydi.

Bizda rejalar ulkan, siz ularning qanday ekanligini tassavur qila olmaysiz. Maqsadlarimizni oldindan aytib qo‘ymayman. O‘zingiz keyinchalik bilib olasiz. Yurtimizda bunday rejalarni tez amalga oshirishning iloji yo‘q. Bunga biroz vaqt kerak.

IMG_1135

"Paxtakor" chempionatda hech kimdan kuchsiz emas. Biz eng kuchli jamoamiz, bizni hech bir raqib o‘yin taraflama mag‘lub eta olmaydi. Biz faqat o‘zimizga o‘zimiz mag‘lub bo‘lishimiz mumkin. O‘zingiz bilasiz, "Paxtakor"ga qarshi har bir jamoa qo‘shimcha ishtiyoq bilan o‘ynaydi, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдулхамид
25/11/2023 13:11
Навбахоримиз насаф бундай чемпион булса кубокни ерга уради эх сохтакор
&
Абдулхамид
25/11/2023 13:07
Уят уят уят виждонинг кийналмаяптими чемпион деб
Шоим Зарипов
25/11/2023 08:47
Эх шарманда СУАРЕС КАВАНИ ЭМИШ СЕН ЯХШИСИ ОЛЕГ БЛАХИННИ олиб кел уялмай чемпион булдик эмиш тугри СОХТАКОР чемпион факат гирромлик жамоаларни хакамлар рахбарлар оркали синдириб ачколарини угирлаб мутахамлик билан эришган чемпионлик кимга керак бир вактлар стадиона 60000 дан зиёд одам кетарди бесит топа олмай минглаб одамлар ташкарига колиб кетарди анау вактлар ПАХТАКОР ЭДИ ХОЗИР ГИРРОМ СОХТАКОР стадиона 50 одам йук бори хам рахбарлар уят шармандалар .
Sunnatjon Hamdamov
25/11/2023 07:11
Nasaf paxtakordan kuchli
&
Камбарали дехконов
25/11/2023 11:16
Кучлилар чемпион булади
Fahriddin
25/11/2023 05:38
Uyalmaydiyam champion buldim deb tupurdim bunaqa chempionlikka
Парпиев Вохид
25/11/2023 05:21
Бечораларга рахмим келди .чемпионликни нишонлаяпти атрофида 50-100 тача мухлис. Телевидения экранда кўрсатгани хижолат қилияпти
Imomali
25/11/2023 03:12
Tugri pahtakorni Uzbekistan klublariga emas yutish chunki uni orqasida FEDERATSIYA BILAN SUDYALÀAAR BORDAAA?????