Maksim Shatskix: Yoshlarga vaqt kerak
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi.
O‘yinda bir nechta vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Shu tariqa, namanganliklar turnir jadvalida ikkinchi, "Paxtakor" esa 6-o‘ringa joylashdi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin:
- Birinchi navbatda aytadigan bo‘lsak, muxlislarga o‘yin yoqdi. Ochiq futbol guvohi bo‘ldik va hujumlarga hujum bilan javob berildi. Umuman olganda, uchrashuv hammaga yoqdi. Barcha yigitlarga ko‘rsatgan o‘yini uchun rahmat aytaman. Bizni oson bo‘lmagan bellashuvlar kutib turibdi. Asta-sekin keyingi ularga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- "Paxtakor" kuchli jamoalarga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda, ammo ko‘p ochko yo‘qotyapti. Buning siri nimada?
- Biz shunchaki o‘z o‘yinimizni namoyish etyapmiz va sifatliroq futbol ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Futbolchilar va murabbiylar shtabi o‘z ishini ko‘rsatishga urinmoqda. To‘g‘ri, bizda zaxira o‘rindig‘i keng emas. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar eshityapti va reja bo‘yicha harakat qilyapti. Shunday ekan, qadamma-qadam to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilamiz. Afsuski, yoshlarga vaqt kerak. Umuman olganda, hammaga vaqt kerak.
Fikrlar