Maksimilian Fomin Ummon klubi safida ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 15 yanvar, 2017, 14:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni “Buxoro” klubida o‘tkazgan himoyachi Maksimilian Fomin keyingi mavsumdan legionerga aylanishi mumkin.

Tecno

SPORTS.uz portaliga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli futbolchi ayni paytda Ummonning “Saham” klubi safida ko‘rikdan o‘tmoqda.

Olingan xabarga qaraganda,  futbolchi klub safida Saudiya Arabistonining “Al-Tavon” klubiga qarshi maydonga tushgan va ushbu bahs 3-0 hisobida ummonliklar foydasiga hal bo‘lgan.

Qayd etish joiz, ayni paytda “Saham” Ummon chempionati turnir jadvalida 5 g‘alaba, 3 durang va 5 ta mag‘lubiyat bilan 18 ochko jamg‘argan holda, 6 o‘rinni band etib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!