Malayziya chempionati. Legionerlarimiz ilk turni qanday o‘tkazishdi?

  • 12 may, 2024, 06:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Malayziya chempionati yangi mavsumi start oldi.

Suhrob Nurulloev harakat qilayotgan "Kedah" safarda PDRM FA jamoasi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Legionerimiz asosiy tarkibda tushib, 86 daqiqa o‘ynadi.

Quvondiq Ruzievning "Sri Pahang" jamoasi o‘z maydonida "Kelantan DNFC"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Ruziev 75-daqiqada zaxiraga olindi.

Nurillo To‘xtasinov gollar seriyasini boshlab oldi. U harakat qilayotgan "Terengganu" klubi "Perak"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Nurillo jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.

Umar Eshmurodov harakat qilayotgan "Selengor" jamoasi ishtirokidagi o‘yin esa qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!