
Malayziyadagi legionerimizning shartnomasi tugayapti, klubi esa uni olib qolmoqchi
Malayziya Superligasida chiroyli gollari bilan olqishlarga sazovor bo‘lgan Sanjar Shoahmedovning “Terenganu” klubi bilan tuzgan shartnomasi dekabr oyida tugaydi. U bir davra davom etgan chempionatda 10 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Shoahmedovning oldida bir qator qiziqarli takliflar bor. Buning ustiga “Terenganu” rahbariyati ham legionerimiz bilan yangi shartnoma imzolash harakatida yuribdi. Lekin Sanjar hozircha klubi bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirishga shoshilayotgani yo‘q.
O‘zining aytishicha, avvalo boshqa jamoalarning takliflari ustida ham o‘ylab ko‘rmoqchi va shundan keyin bir qarorga keladi. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar