Maldini jarrohlik stolidan omon chiqdi

  • 12.06.2020 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi texnik direktori Paolo Maldini buyragida tosh yig‘ilib qolgani sababli kasalxonaga yotishga majbur bo‘ldi.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, shifokorlar 51 yoshli Italiya futboli afsonasining buyragidagi toshni jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlashgan. Maldini ayni damda shifoxonadan chiqqan va o‘z faoliyatini boshlagan.

Paolo Maldini “Milan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun futbolchilik faoliyatini mana shu jamoada o‘tkazgan va 1984-2009 yillarda o‘ynagan. 2019 yildan buyon esa “Milan”ning texnik direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!