Malkin, Ovechkin kabi MXL yulduzlari Olimpiadaga bormaydi

CHERY AUTO

Qishki Olimpiya o‘yinlari yaqinlashib borgan sari ko‘plab sport turlarida musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoalar tarkibini e’lon qilinmoqda. Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi murabbiylari Koreyaga boradigan xokkeychilar ro‘yxatini tasdiqlashdi. E’tiborlisi, tarkibga kiritilgan barcha xokkeychilar KXL o‘yinchilari bo‘lib, MXLda porlagan Aleksandr Ovechkin, Evgeniy Malkin, Sergey Bobrovski, Nikita Kucherov kabi iste’dodli o‘yinchilar nomi keltirilmagan. To‘liq tarkib quyidagicha: 

Tecno

Darvozabonlar:  Vasiliy Koshechkin («Metallurg» Mg), Ilya Sorokin (TsSKA), Igor Shesterkin (SKA);

Himoyachilar: Vyacheslav Voynov, Vladislav Gavrikov, Artem Zub, Andrey Zubarev, Dinar Xafizullin (barchasi – SKA), Bogdan Kiselevich, Aleksey Marchenko, Nikita Nesterov (barchasi – TsSKA);

Hujumchilar: Aleksandr Barabanov, Nikita Gusev, Pavel Datsyuk, Ilya Kablukov, Sergey Kalinin, Ilya Kovalchuk, Nikolay Proxorkin, Vadim Shipachev, Sergey Shirokov (barchasi – SKA), Sergey Andronov, Mixail Grigorenko, Kirill Kaprizov, Ivan Telegin (barchasi – TsSKA), Sergey Mozyakin («Metallurg» Mg).

Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Olimpiadada Slovakiya, Sloveniya va AQSh terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!