Mana buni omadsizlik desa bo‘ladi!

  • 20.02.2022 03:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APL 26-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvida mehmonlar 3:2 hisobida maydon egalarini taslim etdi. 

Ushbu bahsda "shaharliklar" 71,5 foiz ko‘rsatkich bilan to‘pni nazorat qildi. Shuningdek, ular o‘yin davomida raqib darvozasi tomon jami 21 ta zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi (4 tasi aniq). 

28,5 foiz to‘pga egalik qilgan "shporlar" mazkur bellashuvda 6 ta zarba yo‘lladi va ulardan 5 tasi nishonga aniq etib bordi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola shogirdlari ayni vaqtda 63 ochko bilan APL turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. 39 ochkosi bor London klubi 7-pog‘onadan joy olgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!