
Manba: MYu shayxlar qo‘liga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Hozirda klub boshida turgan Gleyzerlar jamoani 3,75 milliard funt sterlingga sotishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Xaridorlar sifatida Britaniyaning eng boy odami Jim Ratkliff hamda Dubay investitsiya fondi nomlari keltirib o‘tilgan .
Shuningdek, Gleyzerlar Amerikaning "Apollon" sarmoyador kompaniyasi bilan klubdagi ulushining ma’lum qismini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar