Manba: PSJ yanvarda Mbappeni sotishga tayyor. Ammo "Real"ga emas

  • 11 oktabr, 2022, 19:24
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi, deya xabar berdi "Le Parisien" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli frantsuz parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan oldin klub ungan bergan va’dalarning aksariyati bajarmagan. Shu bois, futbolchi klubdan ketishga qaror qilgan.

Avvalroq "Marca" nashri parijliklar rahbariyati Mbappeni "Real"dan boshqa istalgan klubga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

Joriy mavsumda hujumchi PSJ safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.

"Transfermarkt" portali futbolchini 160 million evroga baholamoqda. Mbappe PSJda 2017 yilning avgustidan buyon to‘p tepib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!